Jamiyat | 00:35 / 13.03.2018
12282
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda urush qatnashchisiga “Matiz” sovg‘a qilindi

Namangan shahrida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sergey Kryukovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Matiz” avtomobili tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda “KUN.UZ” tahririyatining viloyatdagi muxbiriga shahar hokimligi manbasi ma'lum qildi.

Dunyo ahlini o‘z vaqtida fashizm balosidan qutqarishda faol ishtirok etgan, Sergey Aleksandrovich kabi hozirda hayot bo‘lgan kam sonli urush faxriylariga hurmatu ehtirom ko‘rsatish bugungi kunda har bir yoshning burchidir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti barchamiz uchun ibrat namunasini ko‘rsatdi.

Sergey Kryukovning xonadoniga tashrif buyurgan Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabarruk otaxonga davlatimiz rahbarining sovg‘asini taqdim etishdi.

Qayd etish joiz, qutlug‘ yoshdagi nuroniyning nabirasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi  Antonina Iplina yaqinda Yurtboshimiz farmoniga asosan  «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mustaqil ijod qiladigan shoir va tarjimonga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oqilxon DADABOYeV

Mavzuga oid