Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyohlar uchun yangi qulaylik: Barcha tarixiy va madaniy obektlar birgina cho‘ntak xaritasida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizga mustaqil ravishda tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish kutilmoqda. Bunga yetti mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy qilinishi va 39 mamlakat uchun viza rejimining soddalashtirilishini zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, sayyohlarning butun mamlakat bo‘ylab qulay va oson harakatlanishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatida turistik xaritalar ishlab chiqilgan bo‘lib, viloyatdagi barcha tarixiy va madaniy obektlar, mehmonxonalar, turistik agentliklar, restoranlar va shaharning boshqa diqqatga sazovor maskanlari undan o‘rin olgan. Xaritadan foydalanish qulay bo‘lishi uchun u ixcham taxlanadigan va cho‘ntakda olib yurish uchun qulay qilib ishlangan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025