Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda davlat xizmatchilariga ertalabki badantarbiya majburiy qilib qo‘yildi
Tojikistondagi barcha davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlarining xodimlariga shanba kunlari ertalabki badantarbiyada ishtirok etish majburiy qilib qo‘yildi. Bu haqda Tojikistonning yoshlar va sport ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Ahtam Abdullozoda ma'lum qildi.
“Tojikiston prezidenti ijroiya apparati mamlakatning barcha shaharlari va tumanlarida yil oxirigacha har shanba kuni ertalabki badantarbiya o‘tkazilishi belgilangan tadbirlar rejasini tasdiqladi”, deb aytgan Abdullozoda.
2017 yil yanvaridan boshlab Tojikiston ichki ishlar vazirligining barcha xodimlari bir haftada ikki marta badantarbiya, kross yugurish va suzish bilan shug‘ullanib keladilar. Ularga sportga ko‘proq e'tibor qaratish, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va o‘zlarini yaxshi jismoniy ko‘rinishga keltirishni ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda buyurgan.
O‘tgan shanba kuni jadval bo‘yicha badantarbiyaga birinchi bo‘lib Tojikiston qurilish va arxitektura qo‘mitasi xodimlari chiqishgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024