Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov ishtirokida selektor o‘tkaziladi
Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, unda Respublikada e'lon qilingan «Boshoqli don ekinlari parvarishida bir oylik favqulodda holat» yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha viloyat va tumanlarning 4ta sektor rahbarlarining (shuningdek, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari) g‘alla parvarishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari yuzasidan Respublika ishchi guruhlari (Mirzayev, Yusupov)ning hisobotlari tinglanadi.
Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 mart kuni g‘alla parvarishi bo‘yicha qabul qilingan yig‘ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta'minlash, jumladan, g‘allani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarish, sharbat bilan sug‘orish, g‘allaning zang kasalligi, zararkunandalari va begona o‘tlarga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent viloyatida tashkil etilgan tizim bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi va prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va davlat soliq boshqarmasi boshliqlari (Ibragimov, Po‘latov, Allamurodov, Fayzboyev) va boshqa mas'ullarning hisobotlari kun tartibidan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025