Dunyodagi eng baxtli davlatlar aytildi
2018 yildagi eng baxtli davlat sifatida Finlyandiya tan olindi. Bu haqda The World Hapiness Report har yillik hisobotida aytiladi, u BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘yicha bo‘linmasi tomonidan e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, Finlyandiyada xorijdan kelgan 300 000 kishi va xorijdan kelganlarning avlodi bo‘lgan 5,5 million kishi istiqomat qiladi. Immigrantlarning guruhlari orasida Yevropaning boshqa davlatlaridan kelganlar, shuningdek, kelib chiqishiga ko‘ra Afg‘oniston, Xitoy, Iroq va Somaliga mansub bo‘lgan guruhlar mavjud.
Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Norvegiya egalladi, u 2017 yilda eng baxtli davlat deb tan olingandi.
Ilk o‘ntalikdan Daniya, Islandiya, Shveytsariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham joy oldi, deb yozmoqda The Washington Post.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, AQSh ushbu reytingda 18-pog‘onani egalladi.
Hisobotni tayyorlash doirasida 156 mamlakat hayot davomiyligi, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va korrupsiyaga bo‘lgan munosabat, kabi omillar bo‘yicha baholandi.
Mavzuga oid
15:59 / 02.10.2024
2024 yildagi eng xavfli ijtimoiy tarmoqlar ma’lum qilindi
14:23 / 27.09.2024
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
20:30 / 18.09.2024
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
18:35 / 12.09.2024