Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MUIC‘ning yangi rezidenti IT-xizmatlari va mahsulotlarini Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikistonga eksport qiladi
6 mart kuni BeeLab kompaniyasi Beeline Uzbekistan‘ning sho‘ba korxonasi) Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) rezidentiga aylandi, va u 2018-yilning o‘zida yarim milliard dollardan ziyod bo‘lgan IT xizmatlari va mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirgan. 1 apreldan boshlab kompaniya MUIC‘ning doimiy a'zoligi doirasida imtiyoz va avzalliklardan foydalangan holda yangi sharoitlarda ishlashni boshlaydi.
Markazning IT-biznes muhitida ommalashishi ortib bormoqda va buning natijada xorijiy investorlarning unga bo‘lgan qiziqishi tobora oshib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, BeeLab global AKT bozorida O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlash uchun maxsus yaratilgan Unitel‘ning startapidir. Shu bilan birga, VEON xalqaro kompaniyalar guruhi (NASDAQ va Euronext Amsterdam birjalarida ro‘yxatga olingan) IT-xizmatlari eksporti orqali O‘zbekiston telekom-sohasidagi faoliyatni kengaytirish orqali investitsiya portfelini kengaytirishga qaror qilgan.
BeeLab bosh direktori Konstantin Pakning so‘zlariga ko‘ra, yangi kompaniya sinov va dasturiy ta'minotni qo‘llab-quvvatlash, hamda Armaniston, Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilish uchun yangi funksiyalarni ishlab chiqish va monitoring qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
Ayni paytda kompaniya VEON Ltd‘ning «Evroosiyo» va «Rossiya» biznes-bo‘limlariga raqobatli sharoitlarda qisman xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kelajakda kompaniya mamlakatlar ro‘yxatini va xizmatlar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
“MUIC rezidenti maqomi bizni rivojlanishga, eksportni jadal oshirishga ko‘proq sarmoya kiritish imkoniyatini beradi. Rezident sifatida biz katta miqdordagi imtiyozlarga ega bo‘lamiz. Bu bizni rivojlanishga, sarmoya kiritishga va narxlarni ko‘tarmasdan ish o‘rinlarini yanada kengaytirishga imkon beradi. Bugun BeeLab‘da 80 kishi ishlaydi. Davlat tarafidan bunday qo‘llab-quvvatlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun muhim omil ekanligiga ishonaman. Ta'kidlash joizki, «VympelKom» OAJ va Beeline Kazakhstan kabi yirik kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish nafaqat ushbu sohani rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi, balki boshqa bozorlarda ham o‘z malakasini oshirib, tez rivojlanayotgan IT-xab sifatida O‘zbekistonning obro‘-e'tiborini oshiradi”, – dedi Konstantin Pak.
«Mirzo Ulug‘bek Innovatsion markazi»ning rahbariyati, o‘z navbatida, bunday xorijiy investitsiyalarning amaliyoti O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta'kidladi.
IT-kompaniyalar vakillari uchun doimiy maqomga ega bo‘lish uchun sertifikatlar topshirilishi doirasida markaz eksport uchun yirik stavkalar qo‘yayotganini MUIC direktori Farhod Ibrohimov ta'kidladi:
- IT xizmatlari va mahsulotlar eksporti bizning markazimiz faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz eksport salohiyatini oshirishning ushbu ajoyib istiqbolini ko‘rib turganimiz bois, xorijiy investorlar, shuningdek yirik mahalliy vakolatxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni davom ettiramiz. Ishonchim komilki, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy kompaniyalarning raqobatbardosh ustunliklariga sezilarli darajada ta'sir qiladi va ularga IT-mahsulotlar va xizmatlarning eksport yo‘nalishlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Biz uchun rezidentlar nafaqat imtiyoz va avzalliklardan foydalanishlari, balki ularning rivojlanishlari va O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishlari muhimdir.