Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarni aprel oyida o‘tkazishadi
Rio—2016 Olimpiadasi sovrindorlari Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi janglarini aprel oyida o‘tkazishadi.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ular 21 aprel kuni «The Real Deal Boxing» va «Mir boksa» kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasida, Nyu-Yorkdagi «Kings Theater» arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqishadi.
Hozircha o‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari nomlari ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi debyutini o‘tkazishgan va ularning ikkisi ham tezkor nokaut bilan g‘alaba qozonishgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025