Jahon | 12:10 / 15.03.2018
27911
1 daqiqa o‘qiladi
Jirinovskiy Sobchakning debatlarda yig‘lab yuborganiga izoh berdi
Rossiya Liberal demokratik partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy «Fuqarolik tashabbusi»dan nomzod Kseniya Sobchak bilan ro‘y bergan hodisadan so‘ng Rossiyada siyosatchi qattiq qoidalarga tayyor turishi kerakligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Agarda rus siyosatchisi qattiq qoidalarga tayyor bo‘lmasa, unda u faoliyatini ham boshlamagani ma'qul», - deya ma'lum qildi Jirinovskiy.
Avvalroq, Kseniya Sobchak saylovoldi debatlarda yig‘lab yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Joriy yilning 7 mart kuni esa Sobchak va Jirinovskiy yana janjallashib ketgani xabar berildi.
Mavzuga oid
19:49 / 28.09.2023
Qodirov atrofida yangi mojaro: uning o‘g‘li Qur’onni yoqqan rossiyalikni tergov qamoqxonasida kaltaklagan
08:53 / 21.07.2023
Rossiyada maktab o‘quvchisi Simonyan va Sobchak ishi bo‘yicha hibsga olindi
16:24 / 16.07.2023
Rossiya FXX Simonyan va Sobchakka suiqasd tayyorlangani haqida xabar berdi
19:27 / 27.10.2022