Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan “21 mart “Navro‘z” umumhalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00dan 12:00ga qadar “Yoshlar marafoni” o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00dan 12:00ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025