O‘zbekiston | 10:45 / 16.03.2018
2722
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda davlat va xususiy sektor hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Foto: shygysdaryny.kz

Hyatt Regency mehmonxonasida “Davlat-xususiy hamkorlik: Xalqaro standartlar va jahonning eng ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda joriy qilish” mavzusida xalqaro seminar o‘z ishini boshladi. U YeXHB, Shveytsariya konfederatsiyasi hamkorligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda BMTTDning texnik ko‘magida tashkil etildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda. 

“O‘ylaymanki, tadbir sermahsul bo‘ladi va uning yakunida biz barchamiz, tadbirdan ko‘zlangan maqsad, ya'ni davlat-xususiy hamkorlik masalasida qator ijobiy xulosalarga erishamiz. Davlat va xususiy hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ishsizlikka barham berish, maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va iqtisodiyotning boshqa qator sohalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi”, - dedi YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Vreynios Drakinos. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid