O‘zbekiston | 20:10 / 17.03.2018
24760
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pastdarg‘om tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Davlat rahbari salohiyati cheksiz bo‘lgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini qayd etdi.

2017 yilda yalpi hududiy mahsulot atigi 2,5 foizga o‘sgan. Bu respublika ko‘rsatkichidan 2 barobar kamdir. Viloyatdagi iqtisodiy ahvol ijtimoiy holatga salbiy ta'sir qilgan.

Bugun Samarqandda qariyb 107 ming odam ishsiz ekani, bu masalani hal etish uchun mavjud zaxiralar va imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hisobiga 120 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilgani ta'kidlandi.

Mavzuga oid