Sport | 19:00 / 18.03.2018
7572
2 daqiqa o‘qiladi

Pyonchangdagi Paralimpiya o‘yinlari yopiq deb e'lon qilindi

Foto: Vladimir Smirnov/TASS

Janubiy Koreyaning Pyonchang shahrida Qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman nihoyasiga yetdi, Olimpiya olovi o‘chirildi. O‘yinlarning yopilish marosimi 17 mart kuni bo‘lib o‘tdi.

Paralimpiya musobaqalarida dunyoning 49 mamlakatidan 567 nafar sportchi qatnashdi. O‘yinlarda birinchi marta Gruziya, KXDR va Tojikiston atletlari ishtiroki qayd etildi.

Qishki Paralimpiya o‘yinlarida yetakchilik 34 ta medal bilan 68 sportchidan iborat AQSh terma jamoasiga nasib etdi: 13 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronza medal. Ikkinchi o‘rin 24 ta medal bilan Rossiya paralimpiyachilari tomonidan band etildi: 8 ta oltin, 10 ta kumush va 6 ta bronza medal. Uchinchi o‘rinni 28 ta medal bilan 55 sportchidan iborat Kanada vakillari egallashdi: 8 ta oltin, 4 ta kumush va 16 ta bronza medal.

Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS
Foto: Vladimir Smirnov/TASS

Pyonchangdagi Paralimpiya o‘yinlari 9-18 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Keyingi Paralimpiada 2022 yilda Pekin shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid