Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yangi masjid faoliyat boshladi
Bugun Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Intilish mahallasida 1000 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan «Ahmad ibn Malik» jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan 74-masjid sifatida faoliyat boshlagan mazkur masjidning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat hokimi o‘rinbosari Erkin Mo‘minov, viloyat prokurori Ravshan Masharipov, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Shakir Saidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rais o‘rinbosari Ibrohim Inomov va Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Mo‘minjon Usmonov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni masjid ochilishi bilan tabrikladi.
Masjid ochilishi shukronasiga jonliq so‘yilib, muhtoj oilalarga tarqatildi. Yangi masjidning imom-xatibi Ulug‘bek domla Qobilovga Adliya boshqarmasining guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. Masjidni bino bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shganlar haqiga duoi-xayrlar qilinib, masjidni to qiyomat musulmonlarga xizmat qilishini Yaratgandan so‘raldi.
Ziyoratchilar masjidni ziyorat qilib, ikki rakatdan namoz o‘qishdi, bunday xayrli ishlarning boshida turgan prezident Shavkat Mirziyoyev va mutasaddilar haqiga duo qilishdi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025