Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorni suvenir bo‘lgan 7 750 dollar berib aldab ketishdi
2018 yil 16 fevral kuni “Glass ekspo” MChJ rahbari X.P. Sirdaryo viloyatining Guliston shahar IIBga murojaat qilib, 1 fevral kuni o‘zini “Bekzod” deb tanishtirgan noma'lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Akfa” romlarni yasash bilan shug‘ullanaman”, deb aldash yo‘li orqali ishonchiga kirib, umumiy qiymati 36.300.000 so‘mlik oynalarni sotib olishga kelishgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U oynalarni Sirdaryo tumani hududida kutib olib, oq polietilen paketga skotch bilan o‘ralgan suvenir bo‘lgan 7 750 AQSh dollarini garov sifatida berib, oynalarni Guliston shahrida joylashgan “Lord savdo invest” xususiy korxonasi rahbari X.A.ga sotib yuborib voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani Navoiy MFY Gumbaz ko‘chasi raqamsiz uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1989 yilda tug‘ilgan A.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025