Jahon | 18:45 / 21.03.2018
6538
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yangi imperatorga toj kiydirish marosimida ayollar bo‘lmaydi

Foto: Wikipedia

Yaponiya imperatorlik oilasidan bo‘lgan ayollar shahzoda Naruxitoning taxtga chiqish marosimida ishtirok etmaydi. Ushbu marosim imperator Akixito taxtdan voz kechganidan so‘ng, 2019 yilning 1 may kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Royalcentral portali Japan Times’ga asosan.

Yaponiya hukumati imperator Seva vafotidan so‘ng 1989 yilning 7 yanvar kuni taxtga chiqqan imperator Akixitoning o‘sha paytdagi marosimini eng kichik detallarga qadar takrorlash niyatida. O‘shanda marosimda imperatorlik oilasidan bo‘lgan faqat erkaklar qatnashgan. Shuningdek, marosimga Yaponiya bosh vaziri, vazirlar mahkamasi a'zolari hamda yuqori mansabli boshqa amaldorlar kelgan.

Ta'kidlanishicha, ayollar 1889 yildan beri imperatorlarning taxtga chiqish marosimida ishtirok etmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid