Jahon | 08:38 / 22.03.2018
8598
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning RQM kelishuvidan chiqishi xalqaro xavfsizlikka tahdid tug‘dirdi – Kreml

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQShning raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi qarori xalqaro barqarorlik hamda xavfsizlikni tahdidga qo‘ydi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

«AQSh raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha kelishuvdan chiqqanda, ular o‘zaro yadroviy bosib turish tizimini so‘roq ostiga qo‘yishdi – bu esa xalqaro barqarorlik va xavfsizlik tizimining asosiy jihatlaridan biri. Rossiya o‘shandan beri bir necha marta mamlakat yadroviy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan sa'y-harakatlar nishoniga aylandi», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, yakunda yuzaga kelgan vaziyat yadroviy bosib turish tizimining o‘ziga ham tahdid uyg‘ota boshladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid