Jahon | 08:30 / 22.03.2018
2347
1 daqiqa o‘qiladi

Peru kongressi prezidentning iste'fo bo‘yicha arznomasini ko‘rib chiqadigan bo‘ldi

Pedro Kuchinski/ Foto:/Reuters

Peru kongressi mamlakat prezidenti Pedro Kuchinski tomonidan iste'foga chiqish to‘g‘risida berilgan arznomani ko‘rib chiqadi, hozircha parlamentdagi partiyalar iste'foga rozi. Bu haqda parlamentning tvitterdagi sahifasida xabar beriladi.

«Yalpi majlis payshanba, 22 mart kuni, soat 16:00 (Toshkent vaqti bilan 02:00)da yig‘iladi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski kongressga yaqinda iste'foga chiqishi haqida ariza bergani xabar qilingandi. Bu kongressmenlar ovozini sotib olish bilan bog‘liq mojaro tufayli yuz berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid