Sport | 15:07 / 22.03.2018
9096
2 daqiqa o‘qiladi

O‘sha eski gap: Superliganing yana bir uchrashuvi qoldirildi

O‘zbekiston superligasining 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va AGMK jamoalari uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Senegal,  27 mart kuni esa Marokash terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradi. Temur Kapadze mazkur o‘yinlarga «Lokomotiv» jamoasidan 7 nafar futbolchini jalb etgan.  Taqvim bo‘yicha,  29 mart kuni «Lokomotiv» Olmaliqda AGMK mehmoni bo‘lishi lozim edi.

Biroq 27 mart kuni terma jamoa safida o‘yin o‘tkazadigan futbolchilarning AGMK bilan o‘yinga to‘liq kuchda yetib kela olmasliklarini inobatga olgan holda AGMK - «Lokomotiv» bellashuvi keyinroq muddatga ko‘chirildi», deyiladi klub bayonotida.

Hozircha, uchrashuvning qancha muddatga qoldirilgani borasida hech qanday ma'lumotlar berilmagan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionatining yangi formatdagi ko‘rinishi boshlanganiga endigina 3 tur bo‘lgan bo‘lsada, bu muddati o‘zgargan birinchi o‘yin emas. Avvalroq «Metallurg» ishtirokidagi o‘yin muddati ham ortga surilgandi.

Mavzuga oid