Jahon | 00:20 / 23.03.2018
10343
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya kengashi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Foto: TASS

Madaniyat va ta’lim masalalarida Buyuk Britaniya nomidan faoliyat yurituvchi Britaniya kengashi 22 mart kuni Rossiya hukumatining tegishli qaroriga muvofiq, RFdagi faoliyatini to‘xtatishi haqida e’lon qildi

RF prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama madaniy dasturlar endi Buyuk Britaniya elchixonasi liniyasi orqali amalga oshirilishi mumkin. TASS tomonidan so‘roq qilingan Rossiya muzeylari vakillari tashkilotning yopilishi ularning ishiga xalaqit bermasligini aytishgan, shu bilan birga, bu chet ellarda o‘qishga kirish uchun IELTS xalqaro imtihonlarini o‘tkazishga ham ta’sir qilmaydi.

Rossiya va Birlashgan Qirollik munosabatlari 4 martda Solsberida ro‘y bergan voqea fonida keskinlashdi. Rossiyada Britaniya foydasiga josuslik qilishda ayblangan sobiq "GRU" polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya, Britaniya tomon versiyasiga ko‘ra, u yerda asab-paralitik tizimi ta’siriga yo‘liqishgan. 

Londonda ta’kidlanishicha, bu modda go‘yoki Rossiyada ishlab chiqilgan. Shu asnoda Buyuk Britaniya RFni voqeaga daxldorlikda ayblagan. Hech qanday isbot taqdim etmagan London 23 nafar rossiyalik diplomatni mamlakat hududidan chiqarib yuborgan va boshqa aksilrossiya choralar haqida e’lon qilgan. Shundan keyin Moskva javob choralarni qo‘llashga qaror qilgan va Britaniya elchixonasining xuddi shuncha xodimini RFdan chiqarib yuborgan. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi yopilib, RFda Britaniya kengashi faoliyatiga nuqta qo‘yilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid