Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 20 tonnaga yaqin urug‘lik chigitlarni mamlakatdan noqonuniy chiqib ketishining oldini olishdi
Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilib, Farg‘ona tumani “Vodil” qishlog‘ida 1995 yilda tug‘ilgan F. J. boshqaruvidagi “Mersedes-bents” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganida, yukxonasida narxi 43 mln. 33 ming so‘mlik, 9563 kg. “Buxoro 102” navli dorilangan urug‘lik chigit mavjudligi aniqlandi.
J.B. urug‘lik chigitlarni A.G.ga tegishli ekanligini va ularni 10 mln. so‘m evaziga aylanma yo‘l orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lganini ma'lum qildi.
Shundan so‘ng A.G.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida kelgusida Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan narxi 42 mln. 570 ming so‘mlik 9460 kg. “Buxoro 102” navli dorilangan urug‘lik chigitlari saqlanayotgani aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025