Jahon | 00:00 / 24.03.2018
9056
2 daqiqa o‘qiladi

Savchenko 2 oy muddatga hibs qilindi

© RIA Novosti / Stringer

Kiyevdagi Shevchenkovskiy rayon sudi Oliy rada deputati Nadejda Savchenko uchun ikki oy muddatga qamoqqa olish chorasi tayinladi. Bu haqda Ria Novosti agentligi xabar bermoqda.

«Savchenko sud zalida hibsga olindi. Savchenkoni qamoqda ushlab turish muddati 59 kun, 20 maygacha», deya ma'lum qilgan ushbu sud ishi bo‘yicha sudya Yevgeniy Sidorov.

Gumonlanuvchining himoyasi shikoyat qilmoqchi. Deputatning advokati Viktor Chevguz sud qarorini «ish materiallariga mutanosib emas va obektivlikdan yiroq» deya baholagan.

Sud majlisida Savchenko o‘zining aybdor emasligi haqida gapirgan.

«Hech qanday jinoyat bo‘lmagan. Bu ayblovga isbot ham yo‘q. Mening ishim siyosiylashgan», degan Savchenko sudya o‘ziga so‘z berganida.

U shuningdek ochlik e'lon qildi.

Bundan tashqari, u o‘z vaqtida Ukraina hukumati uchun «ramz» bo‘lgani, endilikda «keraksizga chiqarilgani» haqida fikr bildirgan.

Muhabbatdan nafratgacha 2 yil: Savchenkoning davlat to‘ntarishi bo‘yicha ssenariysi

Mavzuga oid