Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon Germaniyada ushlandi
Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon nemis politsiyasi tomonidan Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn yerida Daniya bilan chegarani kesib o‘tishi vaqtida ushlandi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.
Puchdemon uning ushlanishi uchun Ispaniya tomonidan berilgan yevroorderga ko‘ra o‘z mashinasida to‘xtatilgan. Puchdemonning advokati aytishicha, ayni vaqtda nemis politsiyasi zaruriy tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Puchdemon Gamburgga, u yerdan esa Belgiyaga bormoqchi bo‘lgan.
Puchdemonga Ispaniyada Kataloniyaning mustaqilligi bo‘yicha noqonuniy referendum tashkillashtirish aybi bo‘yicha 25 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
23 mart kuni Ispaniya oliy sudi Puchdemon va uning 4 safdoshini hibsga olishga order bergan. Bu vaqtda Puchdemon Finlyandiyada bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025