Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Avstraliyaga elektr energiyasining muayyan qismini bepul yetkazib beradi
Tesla Avstraliyaga elektr energiyasining 30 foizdan 40 foizgachasini bepul yetkazib berdi, chunki uning akkumulyatorlari haddan tashqari tez ishlaydi. Avstraliya elektr energiya operatori (Australian Energy Market Operator, AEMO) elektr energiyasining hammasini hisobga olishga ulgurmayapti. Bu haqida kompaniya Sydney Morning Herald nashriga ma'lum qildi.
Tesla Powerpack batareyalari Avstraliyada zaxiradagi elektr energiya manbalari sifatida qo‘llaniladi, generatorlar qandaydir sabablarga ko‘ra ishlamay qolsa yoki talabga javob bera olmasa, Tesla Powerpack akkumulyatorlaridan foydalaniladi. Avstraliya standartlariga ko‘ra, elektr o‘chirib qo‘yilgan taqdirda, energetik kompaniyalar 6 soniyadan 5 daqiqagacha bo‘lgan vaqt orasida uni tarmoqqa qaytarishi kerak bo‘ladi.
Talablar qazib olinuvchi generatorlarga mo‘ljallangan, ularning ish boshlashi uchun esa vaqt kerak, xususiyatlar esa energiya manbalari imkoniyatlarini hisobga olmaydi. Tesla'da kompaniya batareyalari keragidan tezroq (atigi 200 millisoniyada) reaksiya qilishini ta'kidlashmoqda.
Batareyalarda doimo energiya mavjud bo‘ladi va kompaniya shunchaki uni tarmoqqa yetkazish maqsadida yoqadi. Shu tariqa 200 millisoniyadan 6 soniyagacha vaqt oralig‘ida yo‘llangan elektr energiyasi Avstraliya operatori ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurishi uchun "haddan tashqari tez".
Hornsdale Power Reserve markazidagi batareyalar mavjud AEMO texnik xususiyatlari sabab 30 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan xizmatlarni bepul yetkazib bermoqda.
Tesla vakili
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025