Jahon | 22:50 / 26.03.2018
4799
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusda barcha savdo markazlarini yong‘in xavfsizligiga tekshirish buyurildi

Foto: Reuters/Mohamed Nureldin Abdallah

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko favqulodda vaziyatlar vazirligiga respublikadagi barcha savdo markazlarining yong‘in xavfsizligiga muvofiqligini tekshirish topshirig‘ini berdi. Uning bu topshirig‘i Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yuz bergan yirik yong‘in bilan bog‘langan.

“Davlat rahbari favqulodda vaziyatlar vazirligiga kompleks reja tuzib, oy oxirigacha savdo markazlarini tekshirishni tashkillashtirish topshirig‘ini berdi”, deb aytgan vazirlik rahbari Vasiliy Vashenko.

Uning aytishicha, birinchi navbatda obektlarda xavfsizlikni, favqulodda vaziyat vaqtida evakuatsiya yo‘llarini ta'minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

“Shubhasiz, bunga jiddiy yondashish lozim, chunki biz Kemerovodagi yong‘in kabi fojialarning bizda bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Vashenko.

Mavzuga oid