Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U23 so‘nggi daqiqada gol urib, Keniyani mag‘lub etdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Farg‘onada Keniya yoshlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Bahs futbolchilarimizning katta ustunligi ostida o‘tdi va 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Yagona gol so‘nggi daqiqada Doston Tursunov tomonidan urildi. U o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Andijonda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda Keniya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
O‘rtoqlik o‘yini
26 mart, Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni
O‘zbekiston U23 - Keniya U23 - 1:0
Gol: Doston Tursunov 90+7
Hakamlar: Timur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov (Barchasi O‘zbekiston)
O‘zbekiston: 21.Rahimjon Davronov (1.Umid Ergashev, 63), 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov (14.Sharof Muhitdinov, 68), 6. Azizjon G‘aniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg‘unboyev (16.Suhrob Nurulloyev, 68), 23.Nurillo To‘xtasinov (7.Oston O‘runov, 63), 17.Abdujamol Isroilov, 9. Zabihillo O‘rinboyev (22.Islom Kenjaboyev, 46), 10.Bobir Abdixoliqov (11.Andrey Sidorov, 68).
Keniya: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Shambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi (13.Siraji Muhammad, 89), 15.Oginga Berard Ochiyeng, 9.Mutamba Pistone Vunyoli (17.Odxiambo Onyango Krispinus, 89),
Ogohlantirishlar: Ojvang Timoti Odxiambo 32, Abdujamol Isroilov 66
Mavzuga oid
18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi
16:30 / 30.04.2024