Jahon | 19:17 / 27.03.2018
16570
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonning strategik hamkorlari ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Rossiya va AQSh Afg‘onistonning strategik hamkori sanaladi. Bu haqda respublika TIV rahbari Salohiddin Rabboniy Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida ma'lum qildi.

"AQSh va Rossiya Afg‘onistonning strategik hamkori sanaladi. Har ikki davlat respublikada tinchlik hamda barqarorlikni ko‘rish niyatida", - deya aytib o‘tdi Rabboniy. Uning fikricha, Afg‘oniston “keskinlik uchun maydoncha emas, balki mintaqada mamlakatlar hamkorligi uchun platforma” bo‘lishi mumkin.

Bugun Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha “Tinch jarayon, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro aloqalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Yevroittifoqning xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri, AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Tomas Shennon, XXR, Eron, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari, shuningdek, BMT bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto ishtirok etdi.

Mavzuga oid