Jahon | 12:25 / 27.03.2018
5647
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask ionosferada ulkan darcha hosil bo‘lishida ayblanmoqda

Foto: Reuters

2017 yil avgustda Tayvan sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqan Space X Falcon 9 raketasining uchirilishi ionosferada 900 km keladigan darcha hosil bo‘lishiga olib kelgan. Bu haqda Tayvan milliy universiteti olimlari tadqiqotida ma'lum qilingan.

Tadqiqotda ta'kidlanishicha, raketaga ortilgan yukning nisbatan yengilligi raketani egri yo‘nalish o‘rniga deyarli vertikal holatda uchirishga imkon bergan. Raketani bunday holatda uchirish tortish kuchini osonroq yengib o‘tishga imkon beradi.

Buning oqibatida esa V-simon bo‘lmagan, aylana shaklidagi zarba to‘lqini hosil bo‘lgan, u raketa dvigatelidan chiqqan gazlar bilan birga ionosfera plazmasida diametri 900 kmlik darcha paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, darcha bir necha soat davomida saqlanib turgan. Tadqiqotchilarning aytishicha, ushbu to‘lqin koinot parvozlari tarixidagi eng kuchlisi bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ionosferadagi bunday yoriqlar GPS-tizimlarida nosozliklarga olib kelishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid