Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In yadroviy qurolsizlanish shartini aytdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Pekinda XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv chog‘ida Shimoliy Koreya qanday shartda yadroviy qurolsizlanishini aytdi. Uning bildirishicha, Koreya yarim oroli, agarda Janubiy Koreya va AQSh tomonidan tegishli sharoitlar yaratilsa, yadro qurolidan xoli hududga aylantiriladi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.
«Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish muammosi, agarda Janubiy Koreya va AQSh bizning qurolsizlanish bo‘yicha sa'y-harakatlarimizni ijobiy qabul qilsa hamda tinchlik va barqarorlik muhitini yuzaga keltirsa, tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha bosqichma-bosqich hamda o‘zaro muvofiqlashgan choralarni qabul qilsa, o‘z yechimni topadi», - deya aytib o‘tdi Kim.
Shuningdek, KXDR rahbarining ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya sobiq rahbarlari Kim Ir Sen va Kim Chen Ir ham yadro qurolidan xoli hududga aylanish tarafdori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Xitoy yetakchisi bilan Pekinda uchrashgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025