Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koinot stansiyasi aprelning ilk kunlari Yerga qulaydi
Xitoyning ilk orbital stansiyasi “Tyangun-1” 31 martdan 4 aprelgacha davr ichida orbitasidan chiqib, Yerga qulaydi. Xitoy koinot agentligi vakillarining aytishicha, stansiya tushishi boshqarilmaydigan bo‘ladi va shu sababli mutaxassislar stansiya aynan qayerga qulashini aytishga ojizlik qilmoqdalar.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, stansiyaning qulashi hududi 42,8 daraja shimoliy kenglik va 42,8 daraja janubiy kenglik orasidagi hudud sifatida belgilangan, bu esa stansiya Afrika, Yevropa janubi, Yaqin Sharq yoki Janubi-Sharqiy Osiyoga tushishi mumkinligini bildiradi. Stantsiya Rossiyaga ham qulashi mumkin, bunda uning qulash joyi Dog‘istonga to‘g‘ri kelishi mumkin. Olimlarning aytishicha, stansiya qulashining atrof-muhit va odamlarga xavfi juda kichik, chunki uning katta qismi atmosferada yonib ketadi, qolgan qismlari esa Yer sirtigacha yetib borsa ham, jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Yevropa koinot agentligida koinot chiqindilarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Xolger Kragning aytishicha, odatda yirik jismlardan 20-40 foizi Yergacha uchib kelishi mumkin, biroq ular qulashi vaqtida bo‘laklanib ketadi. Bunday bo‘laklardan jarohat olish ehtimoli esa bir yilda ikki marta chaqmoq urish ehtimoliga tengdir.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025