Jamiyat | 12:53 / 29.03.2018
10145
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda qariyb 12 mln so‘mlik ko‘chatni o‘marib ketganlar qo‘lga tushdi

Samarqand tumanida 26 martga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar “Ohalik” mahallasidagi dala maydonidan “Ohalik oltin bog‘i mevasi” MChJ rahbari, 1968 yilda tug‘ilgan O.X.ga tegishli umumiy qiymati 11 mln 800 ming so‘mlik 540 tup olma ko‘chatlarini o‘g‘irlab ketganlar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida yashovchilar, “Ohalik oltin bog‘i mevasi” MChJ haydovchisi, 1991 yilda tug‘ilgan Q.R., 1994 yilda tug‘ilgan M.R. va 1981 yilda tug‘ilgan T.R. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Mavzuga oid