Rossiya Britaniyaga bir oy muhlat berdi
Bugun, 30 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildiki, London bir oy muddat ichida Buyuk Britaniyada rossiyalik diplomatlar soni qisqartirilganiga mos ravishda o‘zining Moskvadagi diplomatik missiyasini qisqartirishi zarur.
Rossiya TIV rasmiy saytida xabar qilinishicha, Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Lourens Bristou TIVga chaqirilgan va unga «Britaniya tomonining asossiz ivg‘osi tufayli» qat'iy norozilik bildirilgan.
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni kechqurun Rossiya G‘arb mamlakatlaridan o‘z diplomatlari chiqarib yuborilganiga javoban xuddi shunday chora qaytarilishini ma'lum qilgandi. Bugun bir necha davlatlar, jumladan, Italiya, Finlyandiya, Chexiya, Shvetsiya, Latviya kabi davlatlarning elchilari ham TIVga chaqirildi va ularga qo‘llanajak choralar haqida ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019