O‘zbekiston | 16:33 / 31.03.2018
10292
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri: Ko‘p resurs va vaqt talab qiladigan tadbirlar kamaytiriladi

Arxiv foto/Amerika ovozi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «huquqiy targ‘ibotni yangi va zamonaviy usul va vositalar yordamida amalga oshirish lozimligini va bu borada vazirlik o‘zining yangi yondashuvlarini ishlab chiqib, joriy etishi talab» etilayotganini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida Adliya vaziri 2017 yilda huquqiy targ‘ibot va ma'rifatning holati haqidagi axborotni ma'lum qilib, o‘z nutqida quyidagilarni bildirdi.

«​Birinchidan, an'anaviy ravishda ko‘p resurs va vaqt talab qiladigan tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazishni kamaytirib, zamonaviy uslublarda ish olib borishga o‘tilmoqda. Chunki, bitta auditoriyaga borib, kollej, litseydami boshqa tashkilotga borib qilinadigan tadbirga 100, boring 200 kishi ishtirok etadi.

Keyin ko‘p hollarda, auditoriya xuddi majburlab bir joyga to‘planganday tuyuladi. Eng achinarlisi, tadbirlarning ta'sirchanligi yo‘q. Shuning uchun, Adliya vazirligi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar soni maqbullashtirilmoqda.

Ikkinchidan, ma'lumotni yetkazish usuli sifatida informatsion texnologiyalardan keng foydalanish rag‘batlantiriladi. Bugunga kelib, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 20 millionga yetdi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni bir yil ichida 5 baravarga oshdi. Demak, bu katta auditoriya, biz uchun kerakli huquqiy axborot tarqatish ulkan maydonchasi, deb baholash mumkin»​, deydi vazir.

Albatta, O‘zbekistonda barcha fuqarolar internetda faol emas, ayniqsa uzoq qishloq va ovul manzillarida aholining turmush-tarzi, kuz-qish mavsumidagi kundalik muammolar ko‘payishi va internetdan foydalanish imkoniyat pasayishi ham inobatga olindi.

«Real holatdan kelib chiqib, hududlarda shunday yondashuv qilinmoqdaki, ya'ni muammolardan kelib chiqib, tegishli huquqiy axborotni shakllantiryapmiz», deb ta'kidladi Davletov.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid