Qirg‘izistonda korrupsiya bo‘yicha barcha jinoiy ishlar bazasi yaratilmoqchi
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi korrupsiya bo‘yicha barcha jinoiy ishlarning yagona ma'lumotlar bazasini yaratmoqchi. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Nurlan Dyushembiyev ma'lum qilgan.
Dyushembiyevning aytishicha, bosh prokuraturada shuningdek yo‘q qilingan jinoiy ishlar elektron ro‘yxati yaratiladi.
“Sud, huquq-tartibot idoralarida korrupsiyani yo‘q qilish dolzarb ahamiyatga ega. Xavfsizlik kengashida nazorat organlari rahbarlariga to‘xtatilgan va tugatilgan ishlar invertarizatsiyasini o‘tkazish, tergovchilar tomonidan qabul qilingan qarorlar sabablarini aniqlash buyurilgan. Bosh prokuratura lavozimiy iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka jalb qilingan shaxslar yagona bazasi va o‘g‘irlangan, yo‘qotilgan va yo‘q qilingan ishlar elektron ro‘yxatini yaratadi”, deb aytgan Dyushembiyev.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024