Jahon | 00:31 / 31.03.2018
9826
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada so‘nggi 12 yil ichida armiyaga eng kam sonli chaqiruv e'lon qilindi - grafik

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmatga chaqiruv haqidagi buyruqni imzoladi — 2018 yilning aprel–iyul oylarida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan 128 ming yigit qurolli kuchlar ixtiyoriga borib qo‘shilishadi, deb yozadi Meduza.

Bu bahorgi chaqiruv so‘nggi 12 yil ichida — Rosstat ma'lumotlariga ko‘ra chaqiruv yoshidagi erkaklar sonining tobora qisqarib borayotganligi fonida eng kam sonlisi bo‘ldi. So‘nggi marta chaqiriluvchilar sonining keskin pasayishi 2011 yilda — RF mudofaa vazirligi armiyadagi shartnomaviy harbiylar sonini oshirishga qaror qilganda ro‘y bergan edi.

Foto: Meduza

2008 yildan buyon Rossiyada barcha turdagi qo‘shinlarda chaqiriluvchilar 12 oylik muddatli harbiy xizmatni o‘tashadi.

 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid