Ukraina prezidenti ofisidagilar ayollarni ham armiyaga majburiy jalb etish taklifi bilan chiqdi
Ushbu tashabbusni ilgari surayotganlar ijtimoiy to‘lovlar, davlat lavozimlari va budjet hisobidan ta’lim imkoniyati armiyada xizmat qilgan fuqarolarga berilishi kerakligini aytmoqda.

Pavel Palista Foto: AP
Ukraina Isroil tajribasini qo‘llagan holda, ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmatni joriy qilishi kerak. Bu haqda prezident ofisi rahbarining o‘rinbosari Pavel Palista Bihus.Info’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Palisa o‘z tashabbusini tushuntirar ekan, Rossiya tomonidan bo‘ladigan tahdid uzoq davom etishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 10-30 yilda ukrainlar «barchasi takrorlanishi mumkinligini tushungan holda yashashga majbur». «Yetarli darajada kuchli bo‘lish va fuqarolarni armiyaga jalb etishda nyunaslar bo‘lmasligi, odamlarda barcha xizmat qilishi kerakligi bo‘yicha tushuncha paydo bo‘lishi uchun ma’lum o‘tish davrlarini o‘ylab chiqish lozim», — deydi Palisa.
Uning ta’kidlashicha, bunday talab Konstitutsiyada mavjud va uni ayollarga nisbatan ham tatbiq etishga chaqirdi. Palisaning fikricha, ijtimoiy to‘lovlar, davlat lavozimlari va budjet hisobidan ta’lim uchun fuqaro armiyada harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi kerak.
Palisaning qo‘shimcha qilishicha, shu orqali aholida «Qurolli kuchlar nima ekani borasida kengroq tasavvur paydo bo‘ladi». «Agar farzandlarimiz baxtli bo‘ladigan davlat qurmoqchi bo‘lsak, bu tushuncha avloddan avlodga o‘tishi kerak», — deydi u. Shu bilan birga, Palisa bu uning shaxsiy fikri ekani va prezident ofisi unga qo‘shilishiga ishonchi komil emasligini bildirgan.
Sentyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida 68 ming ayol mavjud, ularning 48 ming nafari — harbiy xizmatchilardir. Mudofaa vazirligi davlat kotibi Lyudmila Daraganga ko‘ra, ayollarning 5 mingga yaqini bevosita jangovar harakatlar zonasiga jalb etilgan.
Mavzuga oid

09:50
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

08:59
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

22:21 / 14.04.2025
Kiyevda ukrainlarga asir tushgan Xitoy harbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

21:13 / 14.04.2025