Jahon | 22:20 / 01.04.2018
24429
5 daqiqa o‘qiladi

Uzoq kutilgan uchrashuv: Almazbek Atamboyev o‘zi va yangi prezident Sooranboy Jeenbekov faoliyati haqida

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonning sobiq va amaldagi prezidentlari o‘rtasida tushunmovchiliklar borligi haqida ko‘p gapirildi va aftidan, bu gap-so‘zlar bekor emas, deyiladi 24.kg nashrida.

Bugun Almazbek Atamboyev tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani shunga ishora qilmoqda. Atamboyev o‘z faoliyati va Jeenbekov faoliyati haqida ko‘p gapirdi.

Almazbek Atamboyev to‘rt oylik tanaffusdan keyin birinchi marta jurnalistlar bilan uchrashdi. Quyida Atamboyevning tushunmovchiliklarga ishora qiluvchi ba'zi gaplari keltiriladi.

"Boshqa hujjatni tiqishtirishga kimning haddi sig‘di?"

Men Sooranboydan kattaman va aka sifatida u bilan ochiq gaplasha olaman. Ba'zan yoqimsiz gaplarni gapirishga ham to‘g‘ri keladi.

Sooranboy Jeenbekovga Prezident apparati tasdiqlangan strategiya o‘rniga parlament respublika shakliga o‘tish olib tashlangan boshqa bir variantni taqdim etishga uringan. Jeenbekovga Xavfsizlik Kengashida boshqa nutqni tiqishtirishgan. Men unga bu haqida aytdim. Eng jarangdor korruptsion ishlar Atamboyev tomonidan boshlangan. Barchasi atayin boshqa tomonga burilmoqda. Prezident hujjatlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishi kerak.

Ta'kidlash joizki, 8 fevral kuni "Ala-Archa" davlat qarorgohida mamlakat yangi prezidenti raisligi ostida Xavfsizlik Kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Sooranboy Jeenbekov huquq-tartibot va sud organlarining korrupsiyaga qarshi kurashini keskin tanqid qildi.

Kadrlar masalasiga aralashmayman deganman...

Ba'zilar Atamboyev kadrlarni qayta tayyorlash jarayoniga aralashmoqda, deb o‘ylashmoqda. Men unga (Jeenbekovga) boshidayoq kadrlar masalasiga aralashmasligimni aytganman...

Hozir unga aytyapman: "Qara, Xavfsizlik kengashiga kimlarni yig‘ib olding?" Men Temir Jumaqodirovni olgandim, u aqllilarni to‘plab oldi. Ularning bari hozir ketib bo‘ldi. Hozir esa u yerda askarlar formasidan boshqasi tekshirilmaydi.

O‘zimnikilarni xafa qildirib qo‘ymayman

Islohot o‘tkazishga jazm qilgan yagona vazir - Ulan Isroilov (IIV rahbari). Endi esa u buning uchun uni "yeb tashlashlari"ni aytmoqda.

Men ham, Sapar ham indamagandik

Men uzoq indamadim va Sapar Isoqovdan ham indamaslikni so‘radim. Biroq 2017-2018 yilgi qishga tayyorgarlikni Sooranboy Jeenbekov vazirlar mahkamasi yopgan. Shuningdek Jeenbekovning bosh vazirligi vaqtida 2016 yilda Bishkek IES rekonstruksiyasiga tender o‘tkazilgan va pul ajratilgan. O‘rganib, aybdorlarni qo‘lga olsin. Men nafaqat IES, balki boshqa obektlar rekonstruksiyasi haqida ham ko‘rsatma berganman.

Korruptsioner-do‘stlar haqida

Korrupsiyaga qarshi kurash haqida bong uryapsanmi, do‘stlaring orasida hech qanday Raim millioner bo‘lishi kerak emas.

Men sud tizimida islohot o‘tkaza boshladim. 2018 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kerak bo‘lgan yetti kodeks qabul qilingan. Biroq o‘sha vaqtda bosh vazir Sooranboy Jeenbekov iltimosi bilan bir yilga kechiktirilgan. Bu haqida ochiq gapirish kerak. Odamlarni yo‘ldan og‘dirish kerak emas.

Oilani hukumatdan uzoqda tut

Biz oilaviy-sulolaviy hukmronlikning qaytishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Bu nima bilan tugashini bilamiz. Men Sooranboy Jeenbekovni Akayev va Bakiyevning xatolarini takrorlamaslik haqida ogohlantirdim. Umid qilamanki, do‘stim to‘g‘ri qaror qabul qiladi.

Asilbek Jeenbekov - yaxshi yigit. Men JK spikeri bo‘lgan vaqtida uning qo‘llab-quvvatlashini his qilganman. Biroq biz Sooranboy bilan saylovlar vaqtidayoq agar u hukumat tepasiga keladigan bo‘lsa, ukasi o‘z vakolatidan voz kechishi kerakligi haqida gaplashgan edik. Aka - prezident, uka esa - parlament deputati bo‘lishi yaxshi emas.

Siyosat bilan shug‘ullanishimga to‘g‘ri keladi

Sotsial-demokratlar rahbari bosh vazir bo‘lish istagi yo‘qligini, agar istaganida referendum orqali o‘z prezidentlik muddatini uzaytirishi, xalq esa uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishini aytgan.

"Mening vazifam - hukumat ham, bosh vazir lavozimi ham emas. Men 2020 yilgi saylovlarga partiyani tayyorlayman".

Mavzuga oid