Jahon | 16:58 / 02.04.2018
26549
1 daqiqa o‘qiladi

Domodedovo aeroportida O‘zbekistondan yuborilgan radioaktiv posilka topildi

Foto: RIA "Novosti"

“Rossiya pochtasi” xodimlari Rossiya Federal bojxona xizmati bilan hamkorlikda chegarada radioaktiv posilkani aniqlashdi. Bu haqda Rossiya davlat kompaniyasi xabarida aytiladi.

Moskvada xavfli posilka Domodedovo aeroportidan yuk tekshirilayotgan paytda aniqlangan, uning radiatsion foni maksimal ruxsat etilgandan 10 barobar yuqori bo‘lgan. «Xavfli nurlanish manbasi O‘zbekistondan jo‘natilgan posilkada bo‘lgan, u qolgan yuklardan darhol alohida chiqarib olindi va himoya konteyneriga joylashtirildi», - deyiladi kompaniya xabarida.

Voqea joyiga davlat kompaniyasi, Federal bojxona xizmati va “Radon” DUK xavfsizlik xizmati mutaxassislari chaqirtirildi. Ular posilkani ko‘zdan kechirishdi, uning ichida barometr bo‘lgan. Xavfli posilka jo‘natuvchisi va qabul qiluvchisi ma'lumotlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Kompaniyadan bildirishlaricha, pochta jo‘natmalari ichidagi narsaning xavfsizligi hamda qonuniyligi kompaniya tomonidan alohida nazoratga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid