Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining ma'muriy markazi qurilishi uchun 250 gektarga yaqin yer uchastkasi ajratiladi
“Aqlli shahar” konsepsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (VMQ-236, 26.03.2018 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, qarorga muvofiq:
Nurafshon shahri hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklidagi Toshkent viloyati ma'muriy markazini qurish direksiyasi tashkil etildi. Direktsiya «Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi;
«Aqlli shahar» konsepsiyasi bo‘yicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish moliyalashtirish manbalari belgilandi;
Toshkent viloyati hokimligiga Direktsiya buyurtmasiga binoan bir oy muddatda, Toshkent viloyati ma'muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan «Konchi» massivi hududida — 113 gektar va «Yangi turmush» massivi hududida — 133,2 gektar yer uchastkasi ajratish vazifasi yuklandi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Nurafshon shahrining telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy optik-tolali tarmoqlarni o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish topshirildi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025