Jahon | 23:46 / 03.04.2018
3043
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika davlatlarida kataraktani olib tashlash bo‘yicha 1,5 mln ta operatsiya o‘tkaziladi

Turkiya Islom taraqqiyot banki (ITB) ko‘magida Islom birdamlik jamg‘armasi (ISFD) tashabbus bildirgan “Ko‘rlikka qarshi kurash” loyihasi doirasidagi ishlarni boshqarmoqda. 

Loyiha doirasida Afrika davlatlarida 5 yil ichida kataraktani olib tashlash bo‘yicha 1,5 mln ta operatsiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyihani amalga oshirish boshlanishi ITBning Tunisdagi 43-yig‘ilishida e'lon qilingan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ayub Gumushning ma'lum qilishicha, loyiha doirasida kataraktani olib tashlash bo‘yicha operatsiyalar 1,5 mlntani tashkil qiladi, shundan keyin shifokorlar bemorlarga 10 mlnta ko‘zoynak yozib berishadi. “O‘ylaymanki, bu hammasi emas. Biz yiliga milliontagacha operatsiya o‘tkazishimiz mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Gumush. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid