Jahon | 23:43 / 05.04.2018
4650
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya sudi Karles Puchdemonni garov puli evaziga ozodlikka chiqarishga qaror qildi
Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal yeri sudi Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemon uning Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishi murojaati ko‘rib chiqilguncha 75 ming yevroga turmadan ozod qilinishi mumkinligi haqida qaror chiqardi.
Puchdemon ma'lum shartlar bajarilsa, jumladan garov puli to‘lansa ozodlikka chiqadi.
Sud, shuningdek, Puchdemonning Ispaniyaga topshirilishi uchun isyonni tashkillashtirish emas, balki davlat mablag‘larini sarflab yuborish asos bo‘lishi mumkinligiga qaror qilgan.
Puchdemon 25 mart kuni Yevropa orderiga ko‘ra hibsga olingandi.
Mavzuga oid
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
09:41 / 24.09.2021
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Italiyada hibsga olindi
23:57 / 25.03.2019