Karlovning qotili "kuratori" qo‘lga olindi

Foto: aa.com
Rossiya Federatsiyasining Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning o‘limi bo‘yicha Turkiyaning Axborot texnologiyalari va aloqa boshqarmasining sobiq xodimi qo‘lga olindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Karlovning qotilining "kuratori" - Fathulloh Gyulen oqimiga qarashli Mavlut Mert Oltintosh bo‘lgan. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Anqaradagi Rossiya elchisi Andrey Karlovga 2016 yilning 19 dekabrida "Rossiya turklar nigohida" ko‘rgazmasining ochilishida hujum uyushtirilgan. Hujumni amalga oshirgan shaxs politsiya operatsiyasi davomida hayotdan ko‘z yumgan. Rossiya elchisi olingan jarohatlar natijasida jon bergan.
Rossiyalik diplomatning joniga qasd qilish bo‘yicha tergov ishlari doirasida bugunga qadar bir necha kishi, shu jumladan 3 nafar politsiya xodimi qo‘lga olingan. Ular orasida Guru media-guruhi rahbari Xayruddin Oydinbosh va RF elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi - Mustafo Temur O‘zkan ham bor.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

22:02 / 14.04.2025
Suriyaning Moskvadagi elchisi Rossiyadan boshpana so‘radi

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025