Misrda "Ko‘k kit" o‘ynashni taqiqlovchi fatvo berildi
5 aprel kuni Misrda "Ko‘k kit" o‘yinida ishtirok etishni taqiqlovchi fatvo berildi. "Al-Ahram" gazetasi Fatvolar boshqarmasi xabariga asoslanib, shu haqida ma'lum qildi. Yil boshidan buyon mamlakatda kamida ikki bolaning ijtimoiy tarmoqdagi "o‘lim guruhi"ga qo‘shilishi fonida o‘z joniga qasd qilishi holatlari qayd etilgan.
Fatvoda, xususan, ota-onalarga o‘z farzandlari xatti-harakatlarini nazorat qilish va bunday o‘yinlar xavfi jiddiy ekanligi bilan bog‘liq xabardorlikni oshirish vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari, Fatvo boshqarmasi tegishli organlarni bu o‘yinni qonunga zid deb e'lon qilishga, bolalar va o‘smirlar hayotiga halokatli tahdidi tufayli uni har qanaqasiga taqiqlashga chaqirgan.
2 aprel kuni G‘arbiya provinsiyasida sobiq mamlakat parlament deputatining 18 yoshli o‘g‘li o‘z joniga qasd qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, u ijtimoiy tarmoqlardagi "Ko‘k kit" va shu kabi o‘yinlarga aloqador bo‘lgan. Joriy yilning yanvarida 32 yoshli misrlik ayol "o‘lim guruhi" vazifalarini bajarib, o‘z otasini o‘ldirishgacha borgan, keyinchalik u ruhiy jihatdan nosog‘lom deb topilgan.
So‘nggi vaqtlarda halokatli o‘yin butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda va MDH, Braziliya, Argentina, Hindiston, Tunis yoshlarini o‘z to‘riga ilintirmoqda.
Mavzuga oid

19:39 / 15.04.2025
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025