Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentining Turkiya va Belgiyaga borishdan maqsadi nima?
Qirg‘iziston prezidenti Sooranboy Jeenbekov 9-10 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyaga boradi. Bu haqida 6 aprel kuni matbuot konferensiyasida davlat rahbari apparatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Doniyor Sodiqov bergan ma'lumotga asoslanib, 24.kg nashri xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidenti Anqarada Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bosh vazir Binoli Yildirim bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad — yuqori siyosiy muloqotning yo‘lga qo‘yilishi va savdo-iqtisodiy aloqalarning kengaytirilishi.
Tomonlar investitsiyalar, metrologiya va sportga doir qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda.
Sooranboy Jeenbekov Turkiyadan Bryussel (Belgiya) tomon yo‘l oladi. 11-12 aprel kunlari u Yevroittifoq tuzilmalari vakillari bilan uchrashadi. Qirg‘iziston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikka ustuvor ahamiyat bermoqda. Qirg‘iziston prezidenti YeI rahbariyati bilan shaxsiy aloqalarni o‘rnatish niyatida.
Darvoqe, hozirda Qirg‘iziston va Yevroittifoq vakillari o‘rtasida yangi uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi tuzilishiga doir muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025