Sport | 19:04 / 07.04.2018
9107
1 daqiqa o‘qiladi

Superligada ilk iste'fo yuz berdi

Foto: fc sogdiana

Bugun, 7 aprel kuni «So‘g‘diyona» rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Sports.uz. 

Yig‘ilish davomida jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. Ma'lumki, mavsum boshidan buyon jamoa bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqiblar darvozasi atigi 1 marotaba ishg‘ol qilindi. Shundan kelib chiqib, jamoa rahbariyati Aleksandr Mochinovni «So‘g‘diyona» boshqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste'foga chiqardi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, «So‘g‘diyona» klubida moliyaviy tomondan xech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda. 

Jamoa ertadan «Navbahor»ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi. Tez orada yangi bosh murabbiy nomi e'lon qilinadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid