Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR xorijiy kapitalga aloqador chora-tadbirlar ishlab chiqdi
Xitoy Xalq banki rahbari I Gan mamlakat hukumati iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga xorijiy kapital kirishini kengaytirishga qaratilgan qator aniq chora-tadbirlar qabul qilishi haqida xabar berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Biz kelayotgan bir necha oy ichida quyidagi choralarni amalga oshiramiz: tijorat banklarida xorijiy kapital ulushi yuqori chegarasi bo‘yicha cheklovni bekor qilamiz, ichki va xorijiy kapitalga munosabat bir xilda bo‘ladi; xorijiy banklarga Xitoyda bir vaqtning o‘zida filiallar va kichik banklar tashkil etishga ruxsat beramiz; brokerlik kompaniyalari, fondlarni boshqarish bo‘yicha kompaniyalar, fyuchers kompaniyalari va xususiy sug‘urtalash sohasida ishlovchi kompaniyalarda xorijiy kapital aksiyalari cheklangan ulushini 51 foizgacha ko‘taramiz, uch yildan keyin esa barcha taqiqlarni butunlay bekor qilamiz», - deya aytib o‘tdi I Gan.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, moliyaviy xatarlarning oldini olish va ochiqlik darajasida moliyaviy nazoratni muvofiqlashtirishga jiddiy e'tibor qaratiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025