Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashina olib qochganlar qo‘lga olindi – IIV
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2018 yil 5 aprelda, 2 noma'lum shaxs Bektemir tumani “Qo‘yliq”, dehqon bozori oldidagi avtomashinalar turar joyidan 1994 yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib Olmazor tumani Usta Olim ko‘chasiga kelib, haydovchi A.J. avtomashinadan tushgan vaqtida noma'lum shaxslar avtomashinani haydab qochganlar.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina Olmazor tumani Quyosh mahallasi hududidan texnik soz holda topilgan va ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Nurafshon shahri Istiqlol mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan R.U. va Chirchiq shahar Yangi hayot qo‘rg‘oni Kichik ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.X. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025