Jahon | 17:50 / 11.04.2018
68107
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Trampning tahdidiga rasman javob qaytardi

Foto: Reuters

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyada harbiy amaliyot boshlanishi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, AQSh tomoni bu raketa zarbalari orqali Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani haqidagi gaplari yolg‘on bo‘lib qolmasligining oldini olmoqchi.

«Aqlli raketalar» (Tramp Suriyaga uchadigan raketalarni aynan «aqlli» deb atadi - tahr.) terrorchilar tomon uchishi kerak, uzoq yillardan buyon xalqaro terrorizm bilan kurashayotgan qonuniy mamlakat tomonga emas.

Aytgancha, kimyoviy qurol ishlatishga qarshi xalqaro tashkilot «aqlli» raketalar kimyoviy qurol ishlatilgani haqidagi barcha isbotlarni yo‘qotib yuborishidan ogohlantirildimi? Yoki bularning barchasi o‘ylangan va xalqaro tekshiruvchilarning hech qanday isbot topishiga hojat qolmasligini bildiradimi?»,- deb yozadi diplomat Facebook'dagi sahifasida.

Biroz avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Bashar Asad qo‘shinlari Sharqiy G‘utadagi Duma shahrida, tinch aholi vakillari yashaydigan hududda kimyoviy qurol ishlatishgani haqida ma'lum qilgan, aynan shu sabab Suriyada harbiy amaliyot boshlanishidan ogohlantirdi.

Uning ortidan Rossiyaning Livandagi elchisi Aleksandr Zasipkin shialarning «Hizbulloh» harakatiga tegishli «Al-Manar» telekanaliga bergan intervyusida «Rossiya Amerika kemalariga hujum qilishi mumkin»ligini aytib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, Amerika tomoni hozircha Dumada kimyoviy hujum bo‘lganiga hech qanday isbot keltirgani yo‘q.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid