Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBBning Telegram-boti ishga tushdi
Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Telegram messenjerida «mobil muxbir» xizmati ishga tushirildi. Ushbu telegram bot kanaliga @iibb_uz havolasi orqali o‘tishingiz mumkin. Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i R.M.Jo‘rayevning Uchtepa tuman aholisi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti vaqtida shu haqida e'lon qilindi, deyiladi IIB saytida.
«Start» tugmasini bosib, telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tgach, o‘zbek yoki rus tilidan birini hamda voqea sodir bo‘lgan tumanni tanlaysiz.
Shundan so‘ng siz YHXB, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati, profilaktika inspektori va boshqa xizmatlarga tegishli xabarlarni matn, video, foto va audio shaklda yuborish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bot sizning murojaatlaringizni tez va oson yo‘llashga xizmat qiluvchi sizning virtual yordamchingizdir!
Xabarni yuborganingizdan so‘ng bot avtomatik ravishda uning qabul qilingani haqida ma'lumot beradi va SMS orqali uning natijasidan xabardor qiladi.
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
12:04 / 05.04.2025