Madridda drama. «Real» oxirgi daqiqadagi gol evaziga yarim finalga chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Chempionlar Ligasi 1/4 finalida «Real» «Yuventus»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazdi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv turinliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 2-daqiqasidayoq Sami Xedira madridliklar jarima maydonchasiga yorib kirib qarovsiz qoldirilgan Mario Mandjukichni to‘p bilan ta'minladi va hujumchi aniq zarba bilan to‘pni darvoza burchagiga yo‘lladi. 37-daqiqada ushbu xorvatiyalik hujumchi Shtefan Lixtshtaynerning uzatmasidan keyin dublni rasmiylashtirdi. Blez Matyudi ikkinchi bo‘lim boshida Keylor Navasni dog‘da qoldirib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘yin ssenariysi qo‘shimcha bo‘limlarga qarab ketayotgan vaqtda bosh hakam Maykl Oliver katta sahnaga chiqdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 3 daqiqaning oxirgisida hakam turinliklar jarima maydonida fol qayd etib (Benatiya va Vaskes to‘p uchun kurashgan vaziyatda) penalti belgiladi. Bu qarordan g‘azabga kelgan Janluidji Buffon norozilik bildira boshladi va hakam unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Iguain o‘rniga maydonga tushib, darvozaga turgan Shchensni Krishtianu Ronalduning zarbasini qaytara olmadi - 1:3.
Turinda bir hafta muqaddam o‘tkazilgan birinchi uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, turnir yarim finaliga «Real» yo‘l oldi.
Chempionlar ligasi
1/4 final
Javob o‘yinlari
Real – Yuventus 1:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 2 Mandjukich, 0:2 – 37 Mandjukich, 0:3 – 60 Matyuidi, 1:3 – 90, penalti Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Isko, Kazemiro (Vaskes, 46), Kroos, Modrich (Kovachich, 75), Beyl (Asensio, 46), Ronaldu.
Yuventus – Buffon, Benatiya, Aleks Sandro, De Shilo (Lixtshtayner, 17), Kellini, Pyanich, Xedira, Matyuidi, Duglas Kosta, Mandjukich, Iguain (Shchensni, 90).
Ogohlantirishlar: Pyanich (17), Karvaxal (22), Mandjukich (29), Lixtshtayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90).
Chetlatish: Buffon (90).
Birinchi o‘yin: 3:0
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025