Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Xaynan orolida erkin savdo hududi yaratilishi ma'lum qilindi
Xitoy raisi Si Tszinpin Xaynan orolida erkin savdo hududi yaratilishini ma'lum qildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi ma'lum qildi.
Si Tszinpin bu haqda viloyat mustaqil ma'muriy-hududiy birlik sifatida tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan.
Xitoy yetakchisining aytishicha, ushbu viloyatni iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish choralari butun Xitoyning ochiqligi darajasini ko‘paytirish, globallashuv jarayonlarini kuchaytirish bo‘yicha milliy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
2017 yilda viloyatning yalpi ichki mahsuloti 7 foizga oshib, 446 mlrd yuangacha (7,1 mlrd dollar) yetgan. Viloyat bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoyning 31 ta viloyati ichida 28-o‘rinni egallaydi.
Xitoy hukumati viloyatni rivojlantirishdagi 12 ta ustuvor sohani belgilab oldi, bular: turizm, yuqori samarali agrar ishlab chiqarish, internet-texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, zamonaviy moliya, ko‘rgazma biznesi, logistika, neft-gaz sohasi, kam uglerodli ishlab chiqarish texnologiyalari, yangi ishlanmalar va madaniy-oqartuv tarmog‘i.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025